“Xotira aziz-qadr muqaddas”

Buxoro Muhandislik texnologiya instituti Axborot-resurs markaziga qarashli Kogon tuman 16-umumtaʼlim maktabi tarmoq kutubxonasi hamkorligida “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira aziz-qadr muqaddas” shiori asosida tadbir boʼlib oʼtdi.
Ushbu tadbir mustaqil Oʼzbekistonda asrlar davomida qaxramonona oʼlkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagʼishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur maʼnoga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, oʼz Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, shuningdek Toʼmaris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro kabi qaxramonlar va asrlar
davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Choʼlpon, Аvloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shod etib, maktab o’qituvchilari tomonidan ularni  madh etuvchi kuy va qo’shiqlar kuylanib, sahna ko’rinishlari zo’r ishtiyoq bilan ijro etildi.