“Xayr saxovat eng oliy fazilat”

Inson fikrlashi bilan jonzotlardan farq qiladi, degan gapni koʼp bora eshitganmiz. Uning ezgulikka yoʼgʼrilgan hissiyot qoʼrgʼoni – yuragi urib turar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi.
Shunday ekan insoniylik, saxovatpeshalik va bagʼrikenglik xalqimizga xos xislatdir. 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Аxborot-resurs markazi tomonidan qilingan saxovatpeshalik va bagʼrikenglik oʼz aksini topdi.
Аxborot – resurs markazi direktori M.M. Husenova boshchiligida АRM xodimlari bilan “9 – may Xotira va qadrlash kuni” ayniqsa, bukungi Muborak Ramazon oylarida, insonlarga yordam qoʼlini choʼzish, ularning ogʼirini yengil qilish va ularga ozgina boʼlsa xam kuch bagʼishlash maqsadida “Xayr saxovat eng oliy fazilat” tadbiri tashkil etildi.
Markazda bir necha yil faoliyat yuritib, hozirda nafaqadagi xodim Gulnora Berdibaevaning I – guruh imkoniyati cheklangan farzandi yoʼqlab borildi va markaz rahbari va xodimlari tomonidan beminnat yordam yetkazildi.