TAShABBUSKOR YOShLAR LOYIHALARI.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,

,, Talabalar Kengashi”, ,,Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti,

,, Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi tasarrufidagi

 ,,Kashtachilik va munchoqlar bilan bezak berish” to‘garagining ,,TAShABBUSKOR  YOShLAR LOYIHALARI” mavzusidagi

ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi

                                                                                         NIZOM

                                                                                  I. Umumiy qoidalar

      1.1. Mazkur nizom  ,,Texnologik mashinalar va jihozlar”  kafedrasi tomonidan tashkil etilib, ,,Tashabbuskor yoshlar loyihalari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
    1.2. Ko‘rik-tanlov Prezidentning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshiriladi hamda talabalar tomonidan innovatsion loyihalar, ishlanmalar hamda g`oyalarni amaliyotga  joriy qilish yo`nalishida olib boriladi.
   1.3. Ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun institutning ,,Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mas’ul etib belgilandi.
II.Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari
       2.1. ,,Tashabbuskor yoshlar loyihalari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovining asosiy maqsadi, iqtidorli yosh talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan zamonaviy va kreativ loyihalarini, muhandislik ishlanmalarini hamda yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishga qodir, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy me’rosini asrab-avaylash, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda yuksak madaniyat, erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirish, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, shu bilan birga ,,Ustoz-shogird” an’anasini keng miqyosda rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni bilimini kengaytirish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.

                                                               III.  Ko‘rik-tanlovni tashkil etish

    3.1. ,,Tashabbuskor yoshlar loyihalari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovining asosiy tashkilotchisi ,,Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi  hisoblanadi.
    3.2. Ko‘rik-tanlov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, ,,Talabalar kengashi’’, ,,Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti va ,,Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi  hamkorligida amalga oshiriladi.
   3.3. ,,Texnologik mashinalar va jihozlari” kafedrasi tomonidan ,,Tashabbuskor yoshlar loyihalari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovida fakultetning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin.
   3.4.  Ko‘rik-tanlov jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti BMTI.uz rasmiy veb saytida va BMTI_TALABALARKENGASHI rasmiy telegram va YouTube kanallarida yoritib boriladi.

IV.Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish joyi va muddati

 4.1. Ko‘rik-tanlov 2022 yil 13-14 may kunlari o‘tkaziladi. G‘oliblar rasmiy BMTI.uz sayti orqali va BMTI_TALABALARKENGASHI rasmiy telegram va yutub kanallarida e’lon qilinadi va o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiriladi.

V.Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari

   5.1. Ko‘rik-tanlov ,,Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti bakalavriat hamda magistratura talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

VI.Ko‘rik-tanlov nominatsiyalari

  6.1. Eng yaxshi videorolik – (5 tashabbus doirasidagi videoroliklar)
   6.2. Eng yaxshi ijodiy ish – (Amaliy san`at va hunarmandchilik yo`nalishidagi ishlar)
   6.3. Eng yaxshi innovatsion g`oya – (Innovatsion ishlanmalar va loyihalar).

VII.Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish tartibi

   7.1. Ko‘rik tanlov ishtirokchisi o‘z ishtirokini ma’lum qilish maqsadida o‘zining ishlanmalarini belgilangan muddatgacha videorolik, ijodiy ishlar namunalarini 2022 yil 13 maygacha ,,Texnologik mashinalar va jihozlari” kafedrasiga taqdim etgan bo‘lishi shart.
   7.2. Nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar (mualliflarning uslubi
va yo‘nalishini aniqlash maqsadida) uchtagacha loyiha, ishlanma va ijodiy ishlari bilan qatnashishi mumkin. Ekspert guruhi ijodiy ishlarni saralashni o‘z zimmasiga oladi.
   7.3. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan loyihalar, ishlanmalar va ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovga qo‘yilmaydi.

VIII.Ko‘rik-tanlovga taqdim etiladigan loyiha, ishlanma
va ijodiy ishlar uchun talablar

   8.1. Loyiha, ishlanma va ijodiy ishlarda dolzarblilik, innovatsion g‘oya, yechim va tugallanganlik o‘z aksini topishi lozim.
   8.2. Ko‘rik-tanlov ishtirokchisi, loyiha, ishlanma va ijodiy ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rik-tanlov e`lonida hamda nizomida belgilangan tartibda o‘z vaqtida jo‘natilishi talab etiladi.
   8.3. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etuvchilar soni cheklanmagan.
   8.4. Ijodiy ishlar o‘rtasida raqobat yoki ballar teng bo‘lganda, loyiha
va ishlanmalarga doir ish mualliflariga masofaviy tarzda savollar berilishi mumkin.
   8.5. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari hay’at a’zolari tomonidan aniqlanadi.
   8.6. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun loyiha va ishlanmalarni  yuborishning oxirgi muddati ko‘rik-tanlov nizomida va elonida belgilanadi.

IX.Ko‘rik tanlovning baholash tartibi

   9.1. Tanlov hay’ati xolisonalik va shaffoflik asosida ko‘rik-tanlovda ishtirok etmaydigan tegishli soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilardan har bir nominatsiya bo‘yicha alohida 3 yoki 5 nafar tarkibda tayinlanadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar ilovada keltirilgan mos baholash mezonlari asosida aniqlanadi. Baholash ko‘rik-tanlov hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.

X.Ko‘rik-tanlovni moliyalashtirish

   10.1. Mazkur ko‘rik-tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajaatlar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi mablag‘lari, hisobidan amalga oshiriladi.

XI.Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash

   11.1. Ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichida taqdim etilgan barcha loyiha, ishlanma va ijodiy ishlar nominatsiyalar bo‘yicha ko‘rik-tanlov hay’ati a’zolari tomonidan g‘oliblar aniqlanadi.
   11.2.  Ko‘rik-tanlov g‘oliblarning ishlarini baholash natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rin I darajali, ikkinchi o‘rin II darajali va uchinchi o‘rin  III darajali  Buxoro muhandislik-texnologiya institutining diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
   11.3. Ko‘rik tanlovning boshqa ishtirokchilari faol ishtiroki uchun Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.

          XII.Ko‘rik-tanlovni yoritilishi

   12.1. ,,Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” rasmiy sayti va BMTI_TALABALARKENGASHI rasmiy telegram va youtube kanallarida ko‘rik-tanlov keng yoritiladi.
   12.2 Ko‘rik-tanlovda qatnashgan talabalar va magistrlar ijodiy ishlarining dolzarbligi, maket va zamonaviy loyihaning yangiligi, kreativ loyiha va ishlanmaning ilmiyligi va samaradorligi, dolzarbligi
va zamonaviyligi, muallif dunyoqarashining kengligi, mohirligi va mukammalligi, innovatsion g‘oyalarning qo‘llanilganligi kabi xususiyatlari hisobga olingan holda yoritiladi.