“Sanoat ekologiyasi” kafedrasi

 

Sanoat  ekologiyasi kafedrasi mudiri:  б.f.n.,dots.       Sadikov Iskandar Shavqiyevich

Qabul vaqti: Seshanba-Juma (15:00-17:00 gacha)

Tel: 998(97) 855-22-45

E-mail: sanoat_ekologiyasi@mail.ru

 

 


                                                “SANOAT EKOLOGIYASI” KAFEDRASI TARIXI

Kafedra 1982 yilda ”Geodeziya va geologik” fanlar kafedrasi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, 1-kafedra mudiri bo’lib t.f.n., dots. X.X. Xamroev tayinlandi. 2019 yilning sentyabr oyidan karedra “Sanoat ekologiasi” deb yuritila boshladi. 2019-2020 yillarda “Sanoat ekologiasi” kafedrasini  t.f.n., dots. B.X.Salomov boshqarib  keldi. Hozirgi kunda kafedrani b.f.n., dots. I.Sh. Sadikov  boshqarib kelmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institutning barcha ta`lim yo`nalishlari bakalavrlariga “Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Ekologiya”, “Yo‘nalishga kirish”, “Sanoat ekologiyasi”, “Qurilish ekologiyasi”, “Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi”, “Mehnat muhofazasi va ekologiya”, “Mehnat huquqi asoslari”, “Favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” kabi fanlaridan ma’ruza, amaliy hamda tajriba darslari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHI  TALABALARNING ILMIY TADQIQOT VA TAJRIBA ISHLARI

KAFEDRANING  YUTUQLARI:

Kafedrada kadrlar tayyorlash va xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli bakalavrlarni tayyorlash maqsadida Respublikamizning OTM va Moskva Davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish Universiteti (RF), “Stankin” Moskva Davlat texnologiya universiteti (RF), Mogilyov Davlat oziq-ovqat universitetlari (Belarusiya) bilan hamkorlik shartnomalari asosida o’quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra dotsenti Yu.Beshimov «El-yurt umidi» fondi tanlovi asosida Moskva Davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish Universitetida malaka oshirib keldi.

Oxirgi 5 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 6ta darslik va o’quv qo’llanma, 4ta monografiya, 5ta patent va 3ta davlat granti asosida 7ta xo’jalik shartnomalari va Xalqaro grantlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari hamkorlikda bajarib kelinmoqda.

Kafedrada fan va ishlab chiqarish integrasiyasini takomollashtirishda yangi tashkil etilgan 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash borasida professor-o’qituvchilar tomonidan respublikamiz va Buxoro viloyatidagi yetakchi korxonalarining mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI:

Kafedrada “Sanoat ekologiyasi va mehnat muhofasazi talablariga javob beradigan yangi texnologiyalarni takomillashtirish va amalga oshirishning istiqbolli yo’llari (tarmoqlar asosida)” mavzusi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek xalqaro loyihalar: Germaniya iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi nomidan Deutsche Gesellschaftfur Internationale Zusammenarbeit (GIZ PBBZ) GmbH tomonidan amalga oshiriladigan «Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim» mintaqaviy dasturi hamda Shvesiyaning akademik innovasiyalar granti Xalqaro rivojlantirish Assosiasiyasi AIF 2/20 ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

«Sanoat ekologiyasi» kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan Xalqaro va Respublikaning nufuzli jurnallarida 70 dan ortiq maqolalar chop etilgan bo’lib, jamiyatimiz sohalarida o’z aksini topgan.

“Sanoat ekologiyasi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlariga 7 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 5 nafar katta o’qituvchi va 4 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqda.

                            KAFEDRANING ISHLAB-CHIQARISHKORXONALARI BILAN HAMKORLIK  ALOQALARI