Устав института

Umumiy qoidalar

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil qilish to’g’risida”gi PQ-1954-sonli Qarori asosida Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti negizida qayta tashkil qilingan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim Dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.

  3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

  4. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o’ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti joylashgan manzil

Buxoro shaxar Qayum Murtazoev ko’chasi, 15-uy.

Rekvizitlar :

Byudjet sh/xv: 100010860064017094100079002

To’lov-kontrakt sh/xv: 400910860064017950100079001

Rivojlantirish jamgarmasi sh/xv: 400110860064017950100079001

Bmj sh/xv: 499910860064017950100079001

To’lovchining  banki: MB BB XKKM Toshkent sh.

STIR: 201504781, Bank  kodi : 00014

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining o’zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to’liq (qisqa) nomi:

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti-Bux MTI.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – Bux MTI.

Buxarskiy injenerno-texnologichiskiy – Bux ITI.

Bukhara Engineering – Technologies Institute of  Bukhara ETI.

Institutning asosiy vazifalari

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy – ahloqiy kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim olishi orqali erishishni qondirish;

– har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o’z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

– ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

– iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish;

– jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatdarini saqlash hamda boyitish;

–  aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko’tarish.

– xodimlar va talabalar uchun sog’lom ovqatlanishni tashkil etish.

III. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari,

ularning huquq va majburiyatlari

  1. a) Talabalar:

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilingan shaxs instituti talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi beriladi.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo’lgan shaxslar arizasiga binoan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.

Institutga qabul barcha uchun  (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o’qishga qabul qilish kafolatlanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining talabalari quyidagi huquqlarga ega:

– fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;

– institut axborot resurs markazida mavjud bo’lgan kitob, davriy nashr va elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

–  bepul maslahatlar va yo’l-yo’riqlar olishga;

– auditoriyalar,  ta’lim jarayoniga oid vositalardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

– ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o’z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra raxbariyatiga  bildirishga va ularni ko’rib chiqilishini talab qilish;

– institut va fakultet miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;

– ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferenciyalarda qatnashishga va ularning natijalarini nashr etishga va bu haqda axborotlar berish;

– institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo’lish va ular ishida qatnashish.

Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishish uchun zarur bo’lgan qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Talaba o’z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o’zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

  1. Davlat granti bo’yicha va to’lov-kontrakt asosida o’qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talabalar belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bek va boshqa nomlanishdagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga ega.

  1. Harbiy xizmatni o’tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug’ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

  2. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga institutda o’qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

  3. Institutning Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida to’lov miqdori kommunal-maishiy xizmatlar uchun to’lovlarni inobatga olgan holda institut tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo’lgan holda, institutning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga o’qishdan bo’sh vaqtlarida institutning o’zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat etiladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutidan o’z hohishi yoki uzrli sabablarga ko’ra chetlashtirilgan talaba, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o’qishga tiklanish huquqiga ega.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o’qishlarini ko’chirish (o’qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun licenziyaga ega bo’lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo’limlar,  o’quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni institutga o’qishini ko’chirish (o’qishga tiklash) mumkin emas. Talabalar o’qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda institut Ustaviga, Ichki tartib va Odob axloq qoidalalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o’qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

  1. Ushbu Ustav, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Ichki tartib va Odob axloq qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko’riladi: hayfsan va talabalar safidan chetlatish.

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtiri­li­shi mumkin:

  1. a) o’z xohishiga binoan;

  2. b) o’qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;

  3. v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

  4. g) o’quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

  5. d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

  6. e) o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);

  7. j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

  8. z) vafot etganligi sababli.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o’zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo’lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to’lov-kontrakt asosida o’qishini quyi kursdagi o’quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 14-bandi “e” kichik bandiga ko’ra talabalarni o’qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo’lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. SHuningdek, talaba mazkur Ustavning 36-bandi “g” kichik bandiga ko’ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

Intizomiy jazoga tortilgan talaba o’ziga qo’llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.

Talabaga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig’ma jildida saqlanadi.

Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo’lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so’ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so’ng olti oydan kechiktirilmay qo’llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug’ish holati bilan bog’liq bo’lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.

Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza hamda tegishli ma’lumotnoma bilan, bir haftadan kechiktirmasdan institutga ma’lum qiladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holdagi o’quv shakllarida muvaffaqiyatli o’qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qo’shimcha ta’til, oliy ta’lim muassasasi joylashgan manzilga borish va kelish uchun yo’l haqi va boshqalar) beriladi.

  2. b) Tinglovchilar:

  3. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasida o’qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi ta’lim xizmatlarini olish qismi bo’yicha oliy ta’lim muassasasiga muvofiq o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o’qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

  1. v) Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.

  2. Institutda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakllarda amalga oshiriladi:

– tayanch doktarantura,

– doktarantura,

– mustaqil izlanuvchilik.

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 may kunidagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.

  1. tayanch doktorantura – O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertaciyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura – O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertaciyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertaciyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

doktorant – OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

mustaqil izlanuvchi – OTM yoki ITMga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

izlanuvchi – falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertaciyasini tayyorlayotgan shaxs.

  1. g) Institutning professor-o’qituvchilari tarkibi, o’quv-yordamchi va ma’muriy-xo’jalik xodimlari (personali).

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida professor-o’qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma’muriy-xo’jalik, ishlab chiqarish, o’quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor-o’qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, docent, katta o’qituvchi va o’qituvchi (assistent) lavozimlari kiradi.

  1. Professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taьlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart kunidagi
F-137-sonli farmoyishiga ko’ra institut prorektorlari rektor tavsiyasiga ko’ra Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi.

Fakultet dekani Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda institut rektorining buyrug’iga asosan lavozimga tayinlanadi.

  1. Institutning professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

– belgilangan tartibda institut va fakultet Ilmiy Kengashlariga saylash va saylanish;

– institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

– institutning axborot-resurs markazi, o’quv va ilmiy bo’linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;

– o’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

– institut ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat  qilish;

– qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;

– o’zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o’rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);

– xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o’quv-uslubiy  adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;

– o’z fani bo’yicha sifatli darsliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlash;

– nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

– talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– grantlar, ilmiy loyihalar, xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;

– O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

– ta’lim to’g’risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, institut Ustavi, Ichki mehnat tartibi va Odob axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish; o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirmaslik;

– ish jarayonida muloqat qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo’lish;

– ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:

  1. a) o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-uslubiy, ilmiy o’quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;

  2. b) darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, o’quv abadiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;

  3. v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar  bilan  ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o’tkaziladigan tadbirlarda;

  4. d) Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;

  5. e) o’z malakasini muntazam ravishda oshirish;

– mehnatni muhofaza qilish xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga  rioya qilish;

– muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

– ish beruvchiga bevosita etkazilgan xaqiqiy moddiy zararni qoplash;

– muassasa  jamoatchilik  ishlarida qatnashish;

– pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;

– zamonaviy civilizaciya va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo’lgan qobiliyatni shakllantirish;

– chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;

– talabalar va tinglovchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;

– “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

– o’zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o’rnak bo’lish;

–  kiyinish madaniyatiga  rioya etish;

– respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro’y berayotgan yangiliklardan  xabardor bo’lish;

– institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

– o’zi o’qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;

– darslarni yuqori saviyada o’tish;

– fan yo’nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;

– har o’quv yili boshlangunga qadar o’zi o’qitadigan fan(lar)ning ishchi o’quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;

– reyting tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish;

– talabalar bilimini xolisona baholash;

– yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash;

– ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;

– talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

– oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish;

  1. Institut professor-o’qituvchilari va xodimlarining chet el xizmat safarlari vazirlikning 13.04.2005 yildagi 81-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.

  2. Institut rahbariyati professor-o’qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi.

  3. Institutning ma’muriy-xo’jalik, muhandislik-texnika, o’quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlari huquq va majburiyatlari Ichki tartib va odob axloq qoidalari, lavozim yo’riqnomalari bilan belgilanadi.

O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo’shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ning dasturlarini amalga oshiradi:

1) Oliy ta’lim (bakalavriat) yo’nalishlari:

– Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

– Oziq ovqat texnologiyasi

– Kasb ta’limi: kimyoviy texnologiya

– Kasb ta’limi: Oziq ovqat texnologiyasi

– Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi

– Kasb ta’limi: Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi

– Menejment: tarmoqlar bo’yicha va sohalar bo’yicha

– Kasb ta’limi: menejment

– Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari

– Kasb ta’limi: engil sanoat texnologiyasi va jihozlari

– Engil sanoat buyumlari konstrukciyasini ishlash va texnologiyasi (to’qimachilik)

– Texnologiyalar va jihozlar (poyabzal va charm galanteriya)

– Texnologiyalar va jihozlar (engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish)

– Texnologiyalar va jihozlar (charm va mo’yna, qorako’l)

– Kasb ta’limi: dizayn

– Erusti transport tizimlari va ularning eksplutaciyasi (transport turlari bo’yicha)

– Texnologiyalar va jihozlar (mashinasozlik)

– Kasb ta’limi: mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish

–  Arxitektura (turlari bo’yicha)

– Bino va inshootlarning qurilishi (turlari bo’yicha)

– Qurilish materiallari, buyumlari va konstrukciyalarini ishlab chiqarish

– Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari

– Energetika (tarmoqlar bo’yicha)

– Energoaudit va sanoat korxonalarining energetika tekshiruvi

– Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari

– Kasb ta’limi: elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari

– Kasb ta’limi: informatika va axborot texnologiyalari

2) Oliy ta’lim (magistratura) yo’nalishlari:

– Elektr mexanikasi (tarmoqlar bo’yicha);

– Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo’yicha);

– Kimyoviy va neftь-gazkimyoviy texnologiyalar;

– Neftь va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish;

– Neftь-gaz sanoati mashinalari va jihozlari;

– Engil sanoat mashinalari va apparatlari;

– Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikaciya tizimlari;

– Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish (tarmoqlar bo’yicha);

– “Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi);

– Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari);

– “Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot – kommunikaciya tizimlari).

3) Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlari vazirlik bilan kelishilgan holda belgilangan ta’lim yo’nalishlarda olib boriladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat-ta’lim yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beruvchi, o’qish muddati 4 yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestaciyasi yakunlari bo’yicha ta’lim yo’nalishi bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom beriladi.

Magistratura-yo’nalishning muayyan mutaxassisligi bo’yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o’qish muddati 2 yildan kam bo’lmagan oliy ta’limdir.

Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestaciyasi yakunlari bo’yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo’yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlangan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida  o’qishni  davom  ettirish  huquqini  beradi.

Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo’yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.

  1. Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o’quv rejalari va fanlarning dasturlari, institut rektori (o’quv ishlari bo’yicha prorektor) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o’quv jadvali hamda mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yo’naltirish yo’li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo’li bilan oliy ta’lim muassasasi talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim.

Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi. Institutning ijtimoiy – iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, ma’naviy-ma’rifiy va sport bo’g’inlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o’quv mashg’ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsulьtaciya, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi.

Auditoriya mashg’ulotlarining barcha turlari uchun 45 (yoki 40 minutlik tanaffussiz qo’shma ma’ruza) daqiqalik akademik soat belgilangan. O’quv mashg’ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo’ladi.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o’zbek hamda rus tillari hisoblanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.

Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “Uzstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan davlat ta’lim standarti qo’llaniladi.

  1. Institutda o’quv yili ikki semestrga bo’linadi va uning xar birida talabalarning o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.

O’zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o’tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o’tkazish mumkin emas.

Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o’zlashtirish Adliya vazirligida ro’yxatga olingan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomga ko’ra tartibga solinadi hamda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestaciyasi to’g’risida”gi Nizomga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestaciyasi bilan tugallanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo’llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestaciya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro’yxati”ga muvofiq tegishli vazirlik (idora) ruxsati asosida ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi orqali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertaciyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.

  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil

16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 25-sonli qarori asosida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida xodimlar uchun qo’shimcha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kengashning tematik rejalari bo’yicha, bajariladigan ishlarning sifati va mehnat xavfsizligini ta’minlagan holda talabalar, aspirantlar va doktorantlarni keng jalb etib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni olib boradi.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi:

– fan, texnika va madaniyatning muhim yo’nalishlari bo’yicha fundamental, amaliy hamda innovacion tadqiqotlarni bajarish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lari;

– shartnoma asosida sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar mablag’lari.

Oliy ta’lim muassasasining tarkibi

  1. Institut tarkibiga quyidagilar kiradi:

  2. a) Fakultetlar:

  3. Kimyoviy va oziq ovqat texnologiyasi;

  4. Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi;

  5. Engil sanoat;

  6. Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikaciya texnologiyalari;

  7. Muhandislik-qurilish.

  8. b) Kafedralar:

  9. Kimyoviy texnologiya;

  10. Oziq-ovqat texnologiyasi va sanoat ekologiyasi;

  11. Kasbiy ta’lim;

  12. Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi;

  13. Menejment;

  14. Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari;

  15. To’qimachilik;

  16. Texnologiyalar va jihozlar;

  17. Mexanika;

  18. Mashinasozlik texnologiyasi;

  19. Arxitektura va qurilish;

  20. Elektroenergetika

  21. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari;

  22. Axborot kommunikaciya texnologiyalari.

v). Fakultetlararo kafedralar:

  1. Ijtimoiy fanlar;

2.Tabiiy fanlar;

  1. Tillar;

  2. Jismoniy madaniyat;

  3. Oliy matematika;

  4. Ingliz tili;

  5. CHizma geometriya va muhandislik grafikasi.

  6. g) institut bo’limlari:

1). Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi;

2). “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi;

3). Monitoring va ichki nazorat bo’limi;

4). O’quv – uslubiy  boshqarma;

5). Marketing bo’limi;

6). Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi;

7). Axborot texnologiyalar markazi;

8). Reja – moliya bo’limi;

9). Buxgalteriya;

10). Xodimlar bo’limi;

11). 1-2-bo’limlar;

12). Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi;

13). Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi;

14). Xalqaro bo’lim;

15). O’qitishning texnik vositalari bo’limi;

16). Axborot resurs markazi;

17). Devonxona va arxiv;

18). Akademik licey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi;

19). Magistratura;

20). Tahririy nashriyot bo’limi;

21) katta yuriskonsulьt.

  1. d) institut markazi:

1). Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

  1. e) ilmiy laboratoriyalar:

Institutda ilmiy laboratoriya mavjud emas.

  1. j) Institutning akademik liceyi:

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik licey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
24 fevraldagi “Akademik liceylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida”gi 77-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2004 yil 24 sentyabrdagi 193-sonli buyrug’i va Buxoro viloyat hokimligining 2003 yil  29 maydagi 45-sonli qarori asosida Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti huzuridagi ixtisoslashgan licey-internat bazasida tashkil etilgan.

Akademik licey Davlat ta’limi standartlariga mos ravishda o’rta maxsus ma’lumot beruvchi, o’quvchilarni yosh psixologik xususiyatidan, qiziqishlariga asoslangan, chuqur ixtisoslashgan mutuxassislikka yo’naltirilgan, o’qitish, shuningdek, jadal, intellektual rivojlanish bilan ta’minlovchi o’quv muassasasidir.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 2-son akademik licey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil
21 avgustdagi “Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti huzurida iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bazasida akademik liceylar tashkil etish to’g’risida”gi 243-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining
2009 yil 4 sentyabrdagi “Akademik liceylarni tashkil etish to’g’risida”gi
203-sonli buyrug’i va Buxoro viloyat hokimligining 2009 yil 30 avgustdagi 236-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan hamda 2-sonli Qorovulbozor akademik liceyi deb yuritiladi.

Akademik licey Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o’rta-maxsus ma’lumot beruvchi, o’quvchilarni yosh psixologik xususiyatidan, qiziqishlariga asoslangan, chuqur ixtisoslashgan mutaxassislikka yo’naltirilgan, o’qitish, shuningdek, jadal intellektual rivojlanish bilan ta’minlovchi o’quv muassasasidir.

Oliy ta’lim muassasasini boshqarish

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutini boshqarish O’zbekiston Respublikasining sohaga oid qonun hujjatlari va ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va institut Ilmiy kengashi, Vasiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg’unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya institutini bevosita boshqarish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 martdagi 137-f-sonli farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.

Rektor institut faoliyatiga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib qoidalari, “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizom va mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to’la mas’uldir.

Rektor qonunchilikka muvofiq institut nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, mol-mulkka mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida institut hisob raqamlarini ochish choralarini ko’radi, moliyaviy mablag’lardan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha farmoyishlar beradi.

Rektor institutning vakolati doirasida:

– institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

– vazirlik bilan kelishilgan holda fakulьtet dekanlari va bosh buxgalterni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;

– institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi, prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari va mas’uliyatlarini belgilaydi;

– institut xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarini O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va bo’shatishni amalga oshiradi;

– institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo’linmalarning vazifalarini belgilaydi va ular to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

– institut xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo’shimchalarni belgilaydi;

– kasaba uyushma qo’mitasi yoki institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib va Odob axloq qoidalarini tasdiqlaydi;

– institutning amaldagi qonun hujjatlari yoki vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qiladi;

– institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag’lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida professor-o’qituvchilar tarkibi va xodimlarning shtat birligini tasdiqlaydi, lavozim maoshlarini belgilaydi;

– institut Ilmiy Kengashining tavsiyasiga ko’ra tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi.

“Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risida”gi Nizom talabidan kelib chiqqan holda, institut Ilmiy Kengashining tavsiyasiga ko’ra kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Institut rektoriga o’zi ishlayotgan institutda yoki boshqa joyda haq to’lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy-metodik rahbarlikdan tashqari) o’rindoshlik bo’yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o’z vazifalarini o’rindoshlik bo’yicha bajarishi mumkin emas.

  1. “Oliy ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofiq institutda faoliyatga doir asosiy masalalarni ko’rish uchun Kengash tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga rektor kiradi va Ilmiy Kengash raisi hisoblanadi, prorektorlar, fakultetlar dekanlari va mutaxassislar tayyorlovchi kafedralar mudirlari, shuningdek, talabalar va institut  xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferenciyada) yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug’i bilan belgilanadi.

Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining Ilmiy Kengashi to’g’risida”gi Nizom asosida belgilanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Vasiylar kengashi institutni boshqaruvchi jamoatchilik organi tashkil etiladi va uning tarkibiga muassis – vazirlik, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg’arma va vasiylar hamda boshqa ta’lim muassassalarining vakillari kiradi.

Vasiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirish tarkibi va faoliyati “Vasiylar kengashi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni ta’lim va fan kasaba uyushmalari hamda ularning oliy ta’lim muassasasida saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlarni vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining majburiyatlari quyidagilardir:

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalar va xodimlar kasaba uyushma tashkiloti barcha kasaba uyushma a’zolari, jumladan,  institutda ishlovchi professor-ukituvchi, xodimlar xamda talabalarning ijtimoiy-iktisodiy, xukukiy, intellektual manfaatlarini ximoyalash borasida faoliyat olib boradi.

Kasaba uyushma qo’mitasi mexnat jamoasidagi umumiy maqsadlarni amaliyotga tadbiq etish va mexnat jamoasi yutuqlarining asosi xisoblanadigan o’kuv-tarbiyaviy ishlarining sifatini ta’minlanishini nazorat kilish, xamda kasaba uyushma a’zolari bulgan ukituvchi xodimlar va talabalarning ijtimoiy iktisodiy xukuklarini ma’muriyat oldida ximoya kilishni o’z zimmasiga   oladi.

Institut ma’muriyati xodimlar va talabalarning  mexnat konunchiligida belgilangan xak xukuklarini ta’minlash va ularga konunchilikga kushimcha ijtimoiy iktisodiy masalalarda Jamoa shartnomasi orkali   mexnat  kilish, ukish, malaka oshirish, dam olish shart-sharoitlarini yanada yaxshilashni tashkil etish.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.

Rektorat va Kengash o’z faoliyatida oliy ta’lim muassasasi jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko’rib chiqadi, o’z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining fakultetini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.

Fakultet dekani o’z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risida”gi Nizomga amal qiladi.

“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risida”gi Nizomga muvofiq fakultetda ilmiy kengash tashkil etilishi mumkin.

Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va foaliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

Kafedra faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Kafedra faoliyatining tartibi va kafedra mudirining vakolatlari “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

 

VII. Moliya – xo’jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, oliy ta’lim muassasasining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lgan mulklar biriktirilgan. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar qatoriga kiritilgan.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga ajratilgan er uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirilgan.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, oliy ta’lim muassasasi faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga ko’ra o’ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni ilmiy kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag’lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayerlash uchun ajratilgan byudjet mablag’lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag’lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o’qitish uchun belgilangan tartibda olingan to’lov – shartnoma asosidagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti muassasaning asosiy faoliyatiga zarar etmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Institut shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Institut o’z mulki bilan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsulьtaciyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to’lovlardan so’ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institutning pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o’rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Institut O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida”gi Nizom va mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimlariga lavozim maoshi (stavka), o’z funkcional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini oliy ta’lim muassasasi mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

Belgilangan maoshlar attestaciya natijasiga ko’ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi va ularni tozalashni tashkil etadi.

Institut qoshidagi tibbiy-sanitar muassasasiga, shuningdek, uning hududida joylashgan yoki oliy ta’lim muassasasining balansida bo’lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taьminlangan xonalar ajratiladi.

Institutning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstrukciya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

VIII. Xalqaro hamkorlik

  1. “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etiladi, chet davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.

CHet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining O’zbekiston Rsspublikasi xududidan tashqarida o’qituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta’limni boshqarish bo’yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti quyidagi huquqlarga ega:

– O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo’lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;

– xorijiy sheriklar ishtirokida oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo’linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo’linmalar)ni qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda tashkil etish.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.

  2. Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan uning ustavida belgilangan faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.

Yakuniy qoidalar

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qo’yidagilarga javob beradi:

– vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;

– ta’lim jarayonida o’quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to’liq bajarmaganligi;

– ta’lim jarayoni vaqtida institutda ta’lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog’lig’i;

– ta’lim oluvchilar va institut xodimlarining huquq va erkinliklarning buzilganligi;

– O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar.

  1. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.

  2. Institutning Ustaviga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.