Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti va Buxoro muhandislik – texnologiya instituti o’qituvchilari hamkorligida online ma’ruzalar o’qildi

Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti va Buxoro muhandislik – texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga hamda mazkur institutning topshiriq rejasiga asosan, “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi dotsenti Samiyeva Shahnoz Hikmatovna va kafedra o’qituvchilari Maxmudova Sitora hamda Abidova Zarnigorlar «Приёмы выполнения традиционной вышивки» mavzusida bo`lib o`tgan online ma’ruzalarda faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida kafedra o’qituvchilari tomonidan o’zbek milliy kashtachiligi haqida ma’ruzalari o’qildi. Tadbirda ishtirok etganlarga tashakkurnomalar berildi.