Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

  Buxoro shahriga Gvatemala, Xorvatiya, Tailand davlatlari milliy terma jamoalari yetib keldi.

  Jahon chempionati ishtirokchilari delegatsiyalarini mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi tomonidan tantanali kutib olindi hamda odatga koʻra mehmonlarga esdalik sovgʻasi sifatida milliy doʻppimiz sovgʻa qilindi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Jahon chempionatining B” va “F” guruh uchrashuvlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.