2023-yil 6- martda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda Energetika fakulteti   “O’zbek tili va adabiyoti ” kafedrasi o`qituvchilari hamkorligida  institut faollar zalida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan fakultetlararo o`tkazilayotgan “ Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari”ko`rik-tanlovi o'tkazildi. Ko`rik-tanlovda Energetika fakulteti “Ibrat” jamoasi rus va o`zbek guruhi talabalar ijrosida  G`.Gulomning “Shum bola”asaridan parcha sahna ko`rinishi taqdim etildi .Ko`rik-tanlovini tashkillashtirgan instituti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotiga, Energetika fakulteti ma’naviy –ishlar bo`limiga va yaqindan yordam bergan kafedra o`qituvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi, talaba yoshlrarga bahoriy kayfiyat baxsh etdi.