Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:

 oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;  
 akademik litseylarda – 4-sentyabr; 
 kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr; 
 kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.

 Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.