XOTIRA - MUQADDAS, QADR – AZIZ

Bugungi zamonaviy taraqqiyot davrida ham 9 mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida tinchliksevarlik ezgumaqsadi turadi.

Shu munosabat bilan 2023 yil 6 may kuni Buxoro muhandislik- texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi professor o’qituvchilari J.K.Musayeva va O.Q.Xudayberdievalaro’quvchi, talaba–yoshlaning har birida tinchlikning qadriga yetishni, tinchklikka erishishda kurash olib borgan xalqimiz, bobo -buvilarimizni xotirlash va qadrlashni targ’ib etish maqsadida Buxoro Shahar viloyat hokimligi hududidagi Xotira maydoniga tashrif buyurishdi. Ular talaba yoshlarimizga “Xotira - muqaddas, qadr – aziz” mavzusida ma’ruza qilishdi. Tinchligimizning ulug’lanishini, qadriyatlarimizni e’zozlash muhimligi tushuntirildi, ko’plab misollar keltirildi

Barcha o’quvchi va talaba yoshlarimiz Motamsaro Ona haykali yoniga gulchambarlar quyishdi va o’tganlar ruhiga ehtirom ko’rsatishdi. Demakki, qadriyatlarimiz muqaddas, abadiy va xotira Azizdir. "Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarini ulug’lashni nazarda tutamiz", - degan qimmatli so`zlari zamirida shunday mohiyat turadi