Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Amaliy fizika, axborot texnologiyalari va muhandislik” («Conference on Applied Physics, Information Technologies and Engineering») (APITECH-V-2023) V xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi.

 Anjumanda Respublika, xorijiy universitetlar, akademik institutlar, ishlab chiqarish korxonalari, loyihalash jamiyati ilmiy-tadqiqot markazlaridan olimlar ishtirok etdi. Dastlab intitut rektori Sadoqat Siddiqova so’zga chiqib konferensiya faoliyatiga omad tiladi.

Konferensiyada amaliy fizika va axborot texnologiyalari zamonaviy usullarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda, aerokosmik, energetika, kimyo va neft-gaz muhandisligi, mashinasozlik sohalarida qo‘llash, shuningdek, neyroinformatika zamonaviy yo‘nalishlarida, murakkab tizimlarni tadqiq qilish, chiziqli va statsionar bo‘lmagan hamda fazoviy turli jarayonlarni modellashtirish sohalarida qo‘llash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashildi.