Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ball State University professorlari David J. Roof hamda Rachel Geesa va Emil Khisamutdinovlar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida institut rektori Sadoqat Siddiqova, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Ibodullayev, Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan tashkil etilgan UNITED dasturi qatnashchisi talabamiz Ulug‘bek Abdullayev ishtirokida Ball State University hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o’rtasida tajriba almashish va hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muhokomalar olib borildi.