Toshkent shahrida O‘zbekiston va Belarus davlatlari o‘rtasidagi  ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva,  Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova hamda respublikamizning har sohadagi faol ayollari ishtirok etdi.

 Forumda taʼlim va fan, xotin-qizlar tadbirkorligi, sog‘liqni saqlash sohalarida tajriba almashinuvini kengaytirish, hududlararo aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

  Forum doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova A.S.Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti, Y.Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari Universiteti mas’ullari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Memorandum imzoladi.