BuxMTI “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi G.N. Izzatullayeva tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.
Sana: 2023-yilning 28- aprel .
Vaqti: II juftlik, 10:00 .
Fakultet: Kimyoviy va oziq - ovqat texnologiyalari .
Guruh: 126-22 VT .
Fan: Nutq madaniyati, davlat tilida ish yuritish .
Shior: “Tiling birla ko‘nglingni bir tut”.
Mavzu: Nutqning uslubiy shakllari .
Dars ochiq amaliy mashgulot tarzida o‘tkazildi. O‘quv mashguloti fan, adabiyot, sanat, siyosatga oid so‘nggi yangiliklar bilan boshlandi. Referendum haqida talabalarning fikrlari tinglandi
Talaba Haydarov Azamat ushbu oyda tavallud topgan buyuk ajdodlarimizdan biri A. Temur hayoti haqida gapirdi.
Saidalimova Nasiba betakror shoir M.Yusuf ijodidan she`rni yoddan aytib berdi Mahmudova Ozoda kursdoshi bilan birgalikda krassvordda berilgan topshiriqni bajarishdi. Dars davomida klasster, zanjir metodlaridan foydalanildi. O‘tilgan mavzularni talabalar tarqatma savollarga javob berish orqali eslab o‘tishdi.
O‘zbek tilidagi fanga oid so‘zlarni rus hamda ingliz tillariga tarjima qilishdi. Nutqning uslubiy shakllari haqida ma`lumotlar berilib , misollar keltirib o‘tildi. O‘quv mashg‘uloti davomida yurtimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta`minlash; o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqini me`yor va qoidalar asosida mukammal o‘zlashtirishga , ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy me`yorlariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta`minlash zarur. Fanning vazifasi tolaqonli amalga oshirildi.