Buxoro viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi Xurshid Umarov, Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari mayor Madina  Nasibullayeva, Kapitan Hilola Hayitova tomonidan “Terrorizm va ekstremizm jamiyat taraqqiyotiga tahdid, kiber hujumlardan himoyalanish yo‘llari” borasida davra suhbati o‘tkazildi.

  Yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida viloyatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berilib, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi slayd va roliklar namoyish etildi.

  Shuningdek, yig‘ilish davomida viloyatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni jonlantirib, tashkilot, korxona, muassasalar kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal etilishida jamoatchilik nazoratini doimiy kuchaytirib borilishi lozimligi alohida taʼkidlab o‘tildi.