“Issiqlik texnikasi. Termodinamika” laboratoriyasini ko‘zdan kechirish jarayonida energoaudit bo‘yicha korxonalar bilan ishlash ishlariga e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi.

  Ushbu o‘quv va ilmiy laboratoriya xonasida 2024-yil Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan jami 171 ming dollаrlik 17 ta zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari o‘rnatilgan bo‘lib, 138 ta laboratoriya ishlari bajarish imkoni mavjud.

  Laboratoriya jihozlaridan foydalanib, 400 mln so‘mlik "Energiya samaradorligini nazorat va boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturiy-axborot ta’minoti” mavzusidagi “drayver” innovatsion loyiha, 500 mln so‘mlik O‘zbekiston iqlimiy sharoitida samarador ishlovchi shamol energetik qurilmasini yaratish mavzusidagi amaliy loyiha va 1,8 mlrd so‘mlik "Sanoat korxonalarida energetik tekshiruvlar o‘tkazish" mavzusida xo‘jalik shartnomalari bajarilib kelinmoqda.

 Keyinchalik esa Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Mashinasoz” texnoparki bilan tanishib chiqdi. Mashinasoz texnoparkida Islom taraqiyot banki mablag‘lari hisobidan jami 445 ming dollarlik  10 dona RDBli universal tokarlik, RDBli frezalash-yo‘nish dastgohlari, universal frezalash, tokarlik-vintqirqar, lazerli metall kesish, aylana jilvirlash, vertikal-parmalash, parmalash-frezalash dastgohlari, tish frezalash yarim avtomati keltirildi.

   Ushbu texnoparkda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida yana bir yangi talabalar turar joyi ochildi

 Xizmat safari davomida Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi talabalar turar joyini ochilish marosimida ishtirok etdi.     

  Zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan talabalar turar joyi 4 qavat, 750 o‘rinli, 200 ga yaqin yashash xonalaridan iborat bo‘lib, 3,5 mlrd so‘mlik mebel jihozlari, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va barcha zaruriy ashyolar bilan jihozlandi.

 Bugun mazkur zamonaviy talabalar turar joyining yangitdan qurib foydalanishga topshirilishi natijasida talabalar turar joylari soni 3 taga yetdi va jami 1300 o‘rin yaratildi.