2023-yil 7-aprel kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  Energetika fakulteti   “O’zbek tili va adabiyoti ” kafedrasi o`qituvchilari hamda  ARM xodimlari Baratova Maxsuma,Norova Shoira hamkorligida  4-bino ARMda To`qimachilik fakulteti 401-22 YeSB(yig) rus guruhi talabalari ishtirokida Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari yoshlar nigohida! ” mavzusida  tadbir o'tkazildi. Tadbirni  o`zbek tili fani o`qituvchisi Mustaqimova Qunduz Sobirovna ochib berdi. Talaba yoshlar Amir Temurning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar bilan boshlashdi, Tomoshabinlar Amir Temur haqida berilgan savollarga javob berishdi, talabalar buyuk bobokalonimiz haqida yozilgan she`rlardan namunalar aytishdi. So'ngra talabalar Amir Temur haqida qiziqarli faktlarni namoyish etdilar. Tadbir so'ngida kafedramiz  dotsenti G.Kazimova  so'zga chiqib o'z fikr mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandilar. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi, talaba yoshlrarga bahoriy kayfiyat baxsh etdi.