2023 Yil 12 may kuni BMTI ning “Energetika xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi” I.B.Raupova va fakulteti jamoasi tomonidan
“Sog’lom hayot tarzi” va “Giyohvandlika qarshi kurashish” mavzulariga oid tadbir o’tkazildi.
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti “Energetika xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi” I.B.Raupova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadbir ishtirokchilari va kun tartibi bilan tanishtirib o‘tdi.
va o’z so’zlarida Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning har bir jabhasida faol bo‘lib, o‘zlarini turli soxalarda qobiliyat va mahoratlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Bu uchun barcha imkoniyatlar keng ochib qo‘yilgan. Talaba qizlarimiz ham, oldilariga qo‘yilgan mas’uliyatga jiddiy yondoshib, o‘qish bilan birga, ham institutning tashkiliy ishlariga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga, xam shaxsiy gigienalari va xayotlariga jiddiy munosabatda bo‘lishlari muhimdir. Shu sababli, bugungi davra suhbatini aynan talaba kizlarimizning chiroyli bilim olishlari, kiyinishi xamda muomala madaniyati, gigienaga amal qilgan holda salomatliklariga e’tiborli bo‘lishlari, yoshlarimizning o‘qish va ish faoliyatlarida ularning psixologik ruxiy holati “Sog’lom hayot tarzi” va “Giyohvandlika qarshi kurashish” kabi masalalariga qaratdik
“Giyohvandlik -asr vabosi”. BMTI inspektori .... Bo’riyev o‘z chiqishida quyidagi fikrlarni bildirdi.“Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar tarqalishi va iste’molining oldini olish” to’g’risida o’z fikrlarini bayon qildilar.Shu bilan birgaa Giyohvandlik va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi hamon xalqaro maydondagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki bugungi kunda giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va giyohvandlik dunyo miqyosida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi va har yiligiyohvandlikka ruju qo‘ygan minglab kishilar hayotdan bevaqt ko‘z yumadilar. Jinoyat olamida, xususan, narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilishni tavsiflar ekan, ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari uning ishtirokchilarini xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar majmui bilan ham. ayniqsa, oq ajalning haloqatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etayotganini ta’kidlaydi, tadbirda mavzu yuzasidan talabalar bilan fikr almashildi, savol-javoblar qilinib, taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi
Erta turmush, erta tug‘ruq va oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlarini oldini olish mavzusi yuzasidan Buxoro shahar Ona va bola skrining markazi vrachi ,endokrinolog.M.S.Safarova so’zga chiqib Talaba – qizlar va kelajak avlod uchun sog‘lom turmush tarzini ta’minlash,talaba – qizlarni ogohlikka, sezgirlikka, hushyorlikka chaqirish, talaba – qizlarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlash, talaba-qizlarda o‘ziga ishonch va faollikni orttirish maqsadida qizlarimiz o‘zlarining shaxsiy hayotlari, shaxsiy gigienalarini doimiy nazorat qilishlari kerakligi. Ota-onalaridan yiroqda talabalar turar joyida, ijarada turadigan talaba qizlarimiz, bo‘lajak uy bekalar, kelinlar va bo‘lajak ona bo‘ladigan qizlarimiz, doimo orasta, toza-ozoda, saranjom-sarishta, tartibli bo‘lishlari, kelajakda baxtli bo‘lishlarini ta’minlaydi. Talaba -qizlarda dorilardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish haqida tushuncha hosil qilish, talaba-qizlarda ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, bo‘lajak onalarni ogoh etish, talaba – qizlarda ekologik bilim va madaniyatni orttirish, tozalik va ozodalik tuyg‘usini shakllantirish, “Soglom ona-soglom kelajak” mavzuida o’z fikrlarini aytib o’tdilarTalabalarimiz maroq bilan tingladilar. Ma’ruza oxirida qizlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat kildilar.
“Sog’lom hayot tarzi” , “Mening tassavurimda sog’lom turmush tarzi kabi mavzusida talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan stengazetalar namoyishi bo’lib o’tdi ning Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan turli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi hamda fakultet talabal-qizlari tomonidan Muxammad Yusufning “Qizg‘aldoq” she’ri va Vatanni tarannum etuvchi she’rlar tinglandi.
“Yangi o’zbekiston - sog’lom yoshlar bilan” Insonning go‘zalligi uning tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ichki dunyosi, ma’naviy dunyoqarashi bilan go‘zaldir. Biz doimiy ravishda o‘qish bilan birga badiiy adabiyotlarga murojaat qilib turishimiz kerak. “Qiz bolaning hayosi go‘zal” mavzusi bo‘yicha Fakultet Yoshlar bilan ishlash” bo’yicha dekan muovini, A.R.Fayzullayev ma’ruza qildilar. mavzuga oid videofilmlar namoyish etildi
Fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi” I.B.Raupova
Institut psixoligi M. O’.Tosheva tomonidan Jamiyatda ayolning o'rni, Gender tenglik tushunchasining mohiyati, hayotda O'z o'rnimizga ega bo'lish uchun qanday vazifalar bajarilishi kerakligi haqida ma’lumot berib otildi. Tadbir so’nggida mavzuga oid videofilmlar namoyish etildi. talabalar tomonidan turli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi hamda talabalar o‘z ta’surotlari bilan do‘stlashdilar va bunday davra suxbatlari, tadbirlar tez-tez o‘tkazilib turilsa maksadga muvofik bo‘lishini aytdilar. Tadbir so’nggida mavzuga oid videofilmlar namoyish etildi.