Bugungi kunda raqamlashtirish faqat elektron hujjat aylanishiga o‘tish bilan cheklanib qolmaydi. Raqamli transformatsiya haqida gap ketganda, biz ishlab chiqarish madaniyati va korxonalarni boshqarish uslubini o‘zgartirishga imkon beruvchi zamonaviy texnologiyalarning majmuini nazarda tutamiz. Raqamli yechimlar tufayli dunyodagi ko’pgina kompaniyalar xodimlar va sanoatdagi uskunalar samaradorligini oshirmoqdalar. Shu bilan birga, mijozlarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va biznes olamidagi raqiblariga nisbatan muvaffaqiyatga tezroq erishadilar.

 Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Rossiya Janubiy Universiteti (IUBiP) Yevroosiyo integratsiyasi boʻyicha prorektori Dmitriy Shkaev (PhD) hamda Janubiy Universiteti (IUBiP) vakili Igor Fedenko tomonidan “Raqamli transformatsiyani boshqarish” nomli konferensiya tashkil qilindi.

 Konferensiyada raqamlashtirishning ahamiyati va tashkil etilishi haqida ma'lumot berildi.