Qishki ta’til davrida talabalar turar joyida tashkillashtirilgan musobaqalar
Bosh sahifaQishki ta’til davrida talabalar turar joyida tashkillashtirilgan musobaqalar
2023 yil 20 yanvar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari” fakulteti dekani SH. N. Xayitov, ma’naviy ishlar bo’yicha dekan muovini J.A.Raxmatov, fakultet tyutorlari F.A.Bozorova, F.F.Aminov va H.Y. Ashurovlar talabalar bilan shaxsan bog‘lanib, suhbatlashib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha rejalari haqida ma’lumotlarni olmoqdalar va shu bo‘yicha kunlik ma’lumot olish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalar va ularning ota-onalari bilan ta’til davrida muntazam aloqada bo‘lib turishibdi.
Shuningdek BMTI 1, 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ham diqqat markazida bo’lib, «Qishki ta’til» davrida ijtimoiy muhitni yaxshilash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida, talaba yoshlar o’rtasida shashka musobaqalari hamda zakovat tadbirlari tashkil etildi. G’olib talabalar sovg’alar bilan taqdirlandilar.