Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga hamkor oliygohlarimizdan biri Qozon Federal universiteti Naberejnye Chelni rektori maslahatchisi t.f.d., professor M.M.Ganiyev tashrif buyurdi. 

Mehmon institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan uchrashdi. Uchrashuvda institutimizda tashkil etilayotgan “Ilg‘or muhandislik maktabi” ni rivojlantirish va qo‘shma ta'lim dasturlarini kengaytirish  masalalari muhokama etildi.

  Qozon Federal universitetining Naberejnye Chelni filialida PISh KFU «Kiber Avto Tex» “Ilg‘or mundislik maktabi” yuqori saviyada tashkil etilganligi va ushbu soha rivojlanganligini ta'kidlash mumkin.

  Shuningdek, Maxmut Ganiyev faollar zalida talabalar bilan uchrashuv o’tkazib, magistratura va bakalavr ta’lim yo’nalishidagi hamkorlik dasturlari bo’yicha ma’lumot berdi.