Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘ldi.

  Vazir o‘rinbosari institut rektori Sadoqat Siddiqova hamrohligida institut faoliyati, u yerdagi shart-sharoitlar hamda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan Registrator ofisi, “Mashinasoz” texnoparki, “Kiberneftgaz” oliy muhandislik maktabi, laboratoriya xonalarining moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.

 Otabek Mahkamov Registrator ofisida xodimlar, talabalar va ularning ota-onalariga barcha qulayliklar yaratilganini ta’kidlab, institutda markazlashgan laboratoriya qurish, xalqaro ilmiy tadqiqot loyihalarda ishtirok etish, texnopark loyihasini tasdiqlash, spin-offlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berdi.