Bugun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. 

  Vazir institutda yaratilgan shart-sharoitlar xususan  Face ID tizimi, laboratoriya xonalari, Registrator ofisi, “Kiberneftgaz” oliy muhandislik maktabi, “Mashinasoz” texnoparki bilan tanishib chiqdi.

   “Kiberneftgaz” oliy muhandislik maktabi “O‘zbekneftegaz” AJ hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, undagi  o‘quv xonalarda, mashg‘ulot qurilmalari, simulyatorlar, zamonaviy dasturlar, VR zonalar mavjud.

 Davlatimiz rahbari tomonidan kuyunchaklik bilan yurtimizda mavjud bo‘lmagan muhandislik yo‘nalishlarini jonlantirish ta’kidalangan edi. Ya’ni tannarx muhandisligi, qiyoslash muhandisligi, qayta muhandislik yo‘nalishlari. Aynan ushbu yo‘nalishlarni Oliy muhandislik maktabida o‘qitilishi topshiriq ijrosining bajarishga qaratilgan istiqbolli vazifalarini ilgari surish va ishlab chiqarishda muammoli vaziyatni hal etishga qodir kadrlarni tayyorlashni muhim omili hisoblanadi.