Joriy yil 7-sentyabr kuni “Lu Ban ustaxonalari misolida oliy va kasb-hunar ta’limi sohasidagi hamkorlikning barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida O‘zbekiston-Xitoy oliy va kasbiy ta’lim sohasida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur konferensiya respublikamizda oliy ta’lim va kasb-hunar sohalarida olib borilayotgan islohotlar natijalari muhokamasiga, keng ommani sohada erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan.

 Konferensiyada Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi.