O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston va Rossiya tomondan 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi rektorlari, soha mutaxassislari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro anjumanda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etdi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy-innovatsion soha hamda oliy texnik ta’lim yo‘nalishida o‘zaro aloqalarni kengaytirish borasida 40 ga yaqin shartnoma imzolandi. 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Assalomu alaykum, qadrli Forum tashkilotchilari va ishtirokchilari! Hurmatli vazirlar va hamkasblar!
“O‘zbekiston-Rossiya texnika universitetlari rektorlarining xalqaro forumi”da  sizlar bilan uchrashib turganimdan  g‘oyat mamnunman! Barchangizga, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti nomidan o‘zimning cheksiz ehtiromimni izhor etib  ‒  bugungi istiqbolli forum haqida so‘zlashga ruxsat so‘rayman.
Bugun kun mavzusi investitsion dasturlar ijrosini yanada ko‘lamini oshirish, jahon mehnat bozori talablariga javob beradigan muhandis kadrlar yetishmasligiga institutsional yechim topish, oliy ta'limda muhandislik ta'limini ilmiy-amaliy rivojlantirishdir. 

Bu jarayonda o‘zaro manfaatli samarali hamkorlik asosida  ta'lim va ilmiy tadqiqot loyihalarini birgalikda tashkil etish  dolzarb ahamiyatga ega.