O'zbekiston Respublikasi Prezidentining muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan bag'ishlangan yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida yig'ilish tashkil etildi. 

Unda quyidagi masalalar muhokama etildi:

Mehnat bozoridagi talablar ehtiyojiga qarab kadrlar tayyorlash o'quv dasturi ishlab chiqiladi

 Arxitektura va qurilish fakulteti to'liq dual ta'limga o'tkaziladi

 Ishlab chiqarishda barcha kafedralarning filiallari tashkil etiladi

 Institut hududida "Ish beruvchi xonasi" tashkil etilishi davom etadi

Spin-oflarni tashkil etish hamda  investorlarni jalb etish bo'yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi

Moddiy-texnik ta'minotni yaxshilash masalasi bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi 

Oliy muhandislik maktablarini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi hamda boshqa masalalar