Buxoro muhandislik-texnologiya institutida rektor maslahatchisi Bobur Artikov hamda yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlari boʻyicha birinchi prorektor Doniyor G’afurov va institutda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul boʻlgan dekan oʻrinbosarlari, xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari, tyutorlar ishtirokida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida oʻquv seminari tashkil etildi.