10 oktabr kuni, “Energetika” kafedrasi pedagog-xodimlari 2-son talabalar turar joyida kafedra kunini o‘tkazdilar. “O‘quv dargohimizni ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirishdagi hissam” mavzusida  o‘tkazilgan bu tadbirda “Energetika” kafedrasining barcha pedagog-xodimlari va “Energetika” fakultetiga qarashli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 1-2 bosqich talabalari faol ishtirok etdilar.   
      Tadbirni “Energetika” kafedrasi assistenti Nematov L.A. ochib berib, birinchi so‘zni “Energetika” kafedrasi mudiri prof.R.B.Jalilovga berdi.U kishi ma’naviyat so‘zining asl ma’nosi va har bir pedagog-xodimlarning o‘z o‘quv dargohimiz - Buxoro muhandislik texnologiya institutini ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun qo‘shayetgan hissalari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdilar va talabalardan ham ular tomonidan ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida so‘rab surishtirdilar. Talabalar bo‘sh vaqtlarida har xil to‘garaklarga qatnashayotganliklari “Mohir qo‘llar” to‘garagida qizlar bichish-tikishdan saboq olayotganliklari, yigitlar esa mutaxassisliklarini chuqur o‘zlashtirish maqsadida shu fanlar bo‘yicha ochilgan to‘garaklarga qatnashib, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanayotganliklari to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilaridan dos.Axtamov R.A, katta o‘qituvchi Aslanova G.N., assistentlar Kamalov U.U., Murodov K.J., Shoyimova S.P., Axmedov A.A., Choriyev A.I., o‘qituvchi-stajorlar Jo‘raqulova M. va Jo‘raqulov A. va laborant xodimlargacha barchalari talabalarning kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalari, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga hissa qo‘shgan o‘zbek yozuvchi va shoirlari, buyuk allomalari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berdilar. 21 –oktabr “Til bayrami” munosabati bilan institutimizda o‘tkaziladigan tadbirda faol qatnashish lozimligini talabalarga ta’kidlab o‘tdilar va bir qancha “O‘zbek tili –ona tilim” mavzusida she’rlar aytdilar.

       Tadbir juda qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Talabalar kelajakdagi orzu-istaklari to‘g‘risida, shu bilim dargohiga o‘qishga kirgan kunlaridan boshlab o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari va tuzgan rejalari bilan o‘rtoqlashdilar va ustozlaridan tegishli maslahat va yo‘l-yo‘riqlarni oldilar.Tadbir so‘ngida barcha talabalar juda qiziqarli,tarbiyaviy va kerakli ma’lumotlarni olganliklarini aytib, bunday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazishimizni so‘rab qoldilar.”Energetika” kafedrasining barcha pedagog-xodimlari ham bu o‘tkazilgan tadbirdan qoniqib, o‘quv dargohimizni ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish yo‘lida yana bir hissalarini qo‘shganliklaridan ruhlanib, o‘z oilalari bag‘riga yo‘l oldilar.

 

“Energetika” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.N.Aslanova,  
assistent S.P.Shoyimova va o‘qituvchi –stajor M.Jo‘rakulova