“Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda”

  Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.

  Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlagan talabalarga institutning professor-o‘qituvchilari  tomonidan mustaqillik darslari o‘tildi.

Talabalik hayotning eng qaynoq fasli, cheksiz orzu-umidlar davridir. Uning oʻzgacha sehri, jozibasi borki, umrning eng shirin dami sifatida yodimizda qoladi. Bugun institutda birinchi kurs talabalari uchun tanishtiruv haftaligi qizg‘in davom etmoqda.

 Tanishtiruv darslarida institutning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li, yurtimiz tarixidagi o‘ta mas’uliyatli va sharafli davrlar, barcha sohalardagi o‘zgarishlar, keyingi besh yilda Prezidentimiz rahbarligida xalqning farovon hayotini ta’minlash, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

  Qolaversa, tanishtiruv haftaligida talabalar institutda yaratilgan shart-sharoitlar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtirilmoqda.