Ma'lumki “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz taqdirlanadilar.

  Xuddi shunday uzoq yillar davomida halol mehnati bilan jamoada hurmat qozongan ustoz, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchisi Matlab Temirova “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ustozni tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!