kuni kecha 14-mart kuni institutning doktorantlari va stajor-tadqiqotchilari bilan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining bir qator professor-oq`tuvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda ilmiy tadqiqotllar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog-kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i professor M.M. Jo‘rayeva tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi. Uchrashuvda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Altibaev Jaksilik Mamirbaevich, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi professori Beysenbaev Oral Kurganbekovich, “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Daurenbek Nazarbek Muxaddasu, “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Altibaev Jaksilik Mamirbaevichlar tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilarga dissertatsiya himoyalari, maqolalar chop ettirish, tadqiqotlarni joriy etish, akademik almashinuv to`g`risida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv savol-javoblar ga boy boldi.