Bugun 9 iyun kuni “Menejment” kafedrasi o’qituvchisi Sh.Sh. Po’lotov boshchiligida sirtqi menejment ta’lim yo’nalishi talabalari S106,108-22 guruh talabalari iqtisodiyot fanidan ochiq ma’ruza mashg’uloti tashkil qilindi. Mavzu: Kreditning mohiyati va bank tizimi mavzusida. Darsga AT “Xalq banki” Buxoro shahar filiali chakana xizmatlar bo’limi yetakchi mutaxasisi F.Yu.Suleymanova va AT “Xalq banki” Nurota filiali ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bosh mutaxassisi M.K.Faxriddinovlar taklif qilindi. Ular talabalarga kreditlar turlari, kredit ajratish tartiblari, foiz stavkalari va bank tizimida mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar to’g’risida shuningdek masofadan turib ishlatiladigan mobil ilovalarning mijozlar uchun qulayliklari haqida ma’lumotlar berildi.