KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
Bosh sahifa KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI
Bugun, Institutimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida “To‘qimachilik va charm sanoat texnologiyalari” fakultetining, tyutri Hamidova Lobar Madievna ishtirokida fakultetning 400-20 (YSB) guruh talabalari bilan Oliy talim tizimida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.
SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.