KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

      Bugun, Institutimiz  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida “Kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi” fakultetining,tyutrlari Yuldoshev Muxriddin, O‘rinova Manzura va Qurbonava Gulruz ishtirokida fakultetning 126-22 (VT), 128-22 (KT) va 12-221 (OOE) guruh talabalari bilan   Oliy talim tizimida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati  tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i  K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

      SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.