BUXORO MUXANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“PAXTA VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYALARI” fakulteti
2-son Talabalar turar joyida
“Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti talabalari va magistrantlari ishtirokida
“JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH”
mavzusida o’tkazilgan tadbirdan
BAYONNOMА
Buxoro muxandislik-texnologiya 2023 yil, 3 may
instituti, 2-son TTJidа soat 1600
QATNASHDILAR:
1. Saidova H.H. - “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri
2. Quvvatov Х.X. – “PvaYeST” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari;
3. Bafoyev F.M. - “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti;
4. “TSIT” kafedrasi professor-o’qituvchilari;
“PvaYeST” fakulteti talabalari va magistrlari.
KUN TARTIBI:
“JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH”
mavzusida o’tkazilgan tadbir.
ESHITILDI: “TSIT” kafedrasi o’qituvchisi Sadullayeva D.A. kirish so’zi bilan ochib, tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsadni aytdi va kun tartibi bilan talaba-qizlarni tanishtirib o’tdi. Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish eng asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Keyingi so’z “TSIT” kafedrasi magistrlari “Korrupsiya” to’g’risida gapirdi. Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Keying so’z “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti F.M.Bafoyevga berildi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.М.Мirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 14-mart, PQ-2833-sonli qarorida Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilgani haqida ma’lumotlar berdi.
“TSIT” kafedrasi Saidova H.H. yakunlovchi so’z bilan chiqib, «Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo, institutda yoshlar bilan ishlash bo’yicha profilaktika inspektorlarining imkoniyatlaridan keng foydalanib, ularining ish samarasi va mas'uliyatini oshirish choralarini ko'rishimiz darkor deb ta'kidladi.
Tadbirni o’tkazishdan maqsad, talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish tog’risida ma’lumotlar berish va ularda dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
Tadbir so’nggida mavzuga oid videofilmlar namoyish etildi.
QAROR QILINDI:
1. “Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti talaba-qizlar ishtirokida talaba-yoshlar orasida Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish tog’risida davra suhbatlari, tadbirlar o’tkazib borilsin. (Маs’ullar: fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, fakultet tyutorlari).
2. Аmalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar OAV xususan, institut rasmiy veb saytida e’lon qilib borilsin. (Маs’ul: institut rektorining matbuot kotibi).
“PvaYeST” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: Х.X.Quvvatov
“Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar”
kafedrasi mudiri: H.H.Saidova