O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5241-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida ta`lim muassasalari tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Buxoro muhandislik texnologiya instituti 2022-2023 o’quv yili kuzgi semestrdagi 708-19 IAT guruhi talabalarining “Boshqaruv jarayonini axborot texnologiyalari” fanidan ma`ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari “AKT” kafedrasi professor-o’qituvchilari Z.R.Asrayev va M.M.Nafasov bilan birgalikda Buxoro shahridagi “IT Park” markazida tashkil etilishiga kelishib olindi.

IT-Park IT sohasidagi o’z faoliyatini turli yo’nalishlarda olib boradi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin.

IT-Park markazlarida kovorking-zona, konferensiya zali, tadbir zonasi, laboratoriya, media studiya, ma’ruza xonalari, kibersport va robototexnika uchun auditoriyalar va boshqalar mavjud bo’lib, talabalarning IT sohasidagi g’oyalarini amalga oshirish, bilimlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Oliy ta`lim muassasasining IT-Park bilan hamkorligi shu sohada bilim olayotgan talabalarning qiziqishlarini yanada oshishi va ushbu bilimlarni ishlab chiqarishga oson integratsiya qilish imkonini oshiradi. Shuningdek, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Buxoro IT-Park markazi rezidentlari bilan turli amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, qo‘shma loyihalar, shuningdek, frilanser va startap loyihalarini o‘tkazishga kelishib olindi.