“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri v.b. docent A.CH.Boboev tomonidan 6.05.2022 yil 2 korpus, 100 - auditoriya, 1-juftlikda 714-20 IQT, 716-20 IQT, 716-20 MNT guruhlarida “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” fanidan “O’zbekiston transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va iqtisodiy geografik rayonlari. “Ekologiya” faning predmeti, maqsadi, uslubi va vazifalari. Biosfera, ekologik muammolar va ekologik tizimlar” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.

Ochiq dars o’tkazishdan maqsad, O’zbekistonning transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va iqtisodiy geografik rayonlari, “Ekologiya” faning predmeti, maqsadi, uslubi va vazifalari hamda biosfera, ekologik muammolar kelib chiqish sabablari, ekologik tizimlar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.

 

Bugun insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatlari oqibatlariga guvoh bo’lib turibmiz. Dunyoning bir burchagida suv toshqinlari, zilzilalar ro’y berayotgan bo’lsa, boshqa joyida o’rmon yong’inlari kuzatilayapti. Bu kabi global muammolar tabiat boyliklaridan ekologik omillar hisobga olinmagan holda foydalanish natijasida o’tgan asrning ikkinchi yarmida avj ola boshlagan edi.

  Qayd etish joizki, uzoq yillar mobaynida tabiatga etkazilgan ta’sir oqibatida tabiiy muvozanatga putur etdi. Bugungi kunga kelib esa, insoniyat tamadduni, uning ertangi taqdiri aynan shunday masalalarni hal etishni taqozo qilmoqda. Ayni chog’da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda etarli emasligini talabalarga ko’rsatib berishdan iborat edi.

 

Ochiq ma’ruza mashg’uloti davomida talabalarga aqliy hujum savollari berilib, fikrlari tinglandi. Ma’ruzachi ma’ruza jarayonida ilg’or axborot texnologiyalarni qo’llay bilishini va darsni samarali tashkil eta olishini ko’rsatib berdi.O’qituvchi talabalar bilan o’qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etdi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, o’qituvchi fanini yaxshi o’zlashtirgan. Talabalarni o’tilayotgan mavzuga qiziqtira oldi, chunki dars jarayonida pedagogik texnologiyalarning “B\B\B”, “Blic savollari”, “Testlar”, “Tushunchalar tahlili” metodlaridan samarali foydalandi.

SHuningdek, mavzuga tegishli bo’lgan “Orol dengizi” muammosi va bartaraf qilish yo’llari bo’yicha video rolik ham qo’yib berildi. Talabalar dars jarayoniga faol qatnashdilar va o’qituvchi bergan vazifalarni bajarib bordilar. Dars oxirida mustaqil ishlash maqsadida uyga vazifa berildi. 

Ochiq dars oliy ta’lim talablariga to’liq javob beradi.Umuman olganda, o’tkazilgan ushbu ochiq ma’ruza mashg’ulotini ommalashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

"TSNQ" bo’limi eksperti                         doc. Narziev M.S.

"TSNQ" bo’limi eksperti                        doc. SHaymatov B.

 

Tomosha qiling