Xotira – ulkan va noyob xazina. U yashab o‘tilgan davr va undan oldingi barcha voqea-hodisalarni o‘zida jamlaydi. Xotiraning yaxshilikka da’vat etuvchi, ezgulikka chorlovchi mo‘jizasi va man’aviy qudrati shunda-ki, u tafakkur orqali o‘tmishni anglashga, uni o‘rganishga, ijobiy xulosalar chiqarishga va o‘z taqdirini, kelajagini shu xulosalar asosida yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. 

Shu munosabat bilan 2023 yil 5 aprel kuni BMTI “TJBT” fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan talabalar turar joyida tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda kirish so’zini “Menejment” kafedrasi mudiri, dotsent  Ziyavitdinova  Nafisa Muxammadovna - Xotira va qadrlash kuni milliy urf –odatlarimizga mos holda marhumlarni yod etish, tiriklarga sevinch ulashish kabi ezgu ishlar qatoridan joy olganligi aytib o’tgan bo’lsalar, “Xotira ulkan va noyob xazina” mavzusida kafedra katta o’qituvchisi Usmanova Nasiba Yunusovna yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, an’ana tusini olayotgan udumlarimizni tushunishga ko‘maklashish va shu tariqa bugungi kunning, mustaqilligimizning qadr-qimmatini  tushunish eng muhim vazifalardan biri ekanligi haqida ma’ruza qildilar. Shuningdek kafedra katta o’qituvchisi Primova Azima Azizovna jang maydonlarida mardonavor kurashib, o‘z jonlarini fido etganlar, xalq farovonligi, mamlakat ozodligi yo‘lida shahid ketganlar shon – shuhratidan g‘urur tuyg‘usini his etish bugungi yoshlarga xos yuksak insoniy fazilatga aylanmog‘ini eslatib o’tdilar. diyorimizni shunday kunlarga kelishida qanchadan-qancha ajdodlarimiz o’zining ulkan hissasini qo’shganligini, ular xotirasini unutmaslik, ularning chirog’ini o’chirmaslik siz bilan bizning zimmamizda ekanligini kafedra kata o’qituvchisi Yuldasheva Saida Ne’matovna yana bir bor ta’kidlab o’tdilar. Tadbir so’ngida Giyasov Umid Oqilovich tomonidan “Xotira va qadrlash kuniga” bag’ishlangan videorolik  namoyish etildi. 

Menejment kafedrasi professor-o’qituvchilari nomidan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni