Bugungi kunda talabalarga jahon andozalari asosida bilim berish barcha oliy ta'lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. O'qituvchilarning samarali dars o'tish metodlari yosh pedagog o’qituvchilarda mahoratli ustozlardan o’qitish metodikalarini o’rganishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

2023 yilning 22 fevral kuni “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi N.Yu.Usmanova tomonidan II juftlikda 116-19, 118-19 MSMS guruhi talabalariga “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan “Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’llari” mavzusida  ochiq ma’ruza darsi o’tkazildi.    N.Yu. Usmanova tomonidan o’tkazilgan ochiq ma’ruza darsida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanib, darsning har bir bosqichi mazmunli to’liq tushuntirilib, mustahkamlandi. Shuningdek muqobil energiya, quyosh panellaridan foydalanish bo’yicha 2023 yil 16-17 fevral kunlaridagi prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashriflari haqida video rolik namoyish etilib talabalarda qo’shimcha yangi ma’lumotlar berildi.