Hurmatli talabalar!

  Barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-2025 o’quv yili bilan chin dildan tabriklayman!

  Bugun Siz-yoshlar talabalikning oltin davrini o‘tkazyapsizlar. E’tibor bersangiz vaqt shiddat bilan o‘taveradi, uning qadriga yetib, undan unumli foydalanib oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz sari olg‘a intilishingiz zarur. Buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan, bu imkoniyatlardan unumli foydalaning. Eng muhimi qo‘ygan maqsadlaringizga erishishingiz, tanlagan kasbingizni haqiqiy ustalari bo‘lishingizdir!

  Vatanimiz, el-yurtimiz sizlar kabi kreativ fikrlaydigan, yangilikka intiluvchan, fidoyi va jasur farzandlari bilan hamisha faxrlanadi!

Sadoqat Siddiqova
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori