Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov tomonidan 2022-yil 26-aprelda Oʼzbekiston Respublikasi va Malayziya oʼrtasidagi ustuvor yoʼnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Yoʼl xarita”sida “Oʼzbekneftgaz” АJga Malayziyaning Petronas texnologiya universiteti hamda Petronas neft texnologiyalari instituti “INSTEP” bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatish vazifasi belgilangan.

 Ushbu "Yo'l xarita" ga belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 16-18 sentyabr kunlari  Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova, “Oʼzbekneftgaz” АJ, Buxoro neft va gaz sanoati kolleji, “OʼzLITIneftgaz” АJ qoshidagi “Neft gaz malaka” oʼquv tadqiqot markazi mas'ullaridan iborat bir guruh mutaxassislar Malayziyaning Petronas texnologiyalar universitetida boʼlib qaytdilar.

 Xizmat safari davomida ushbu Universitetda Jamiyat xodimlarini taʼlim olishlarini yoʼlga qoʼyish imkoniyatlari koʼrib chiqilib, kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjat imzolandi.