FAN,TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI - SIFATLI INTERFAOL DARS  ASOSI

 

  2023 yil 12 may kuni  I juftlikda institutning 2-k  binosining         523- auditoriyasida 714-21 MNT  guruhida Menejment kafedrasi      dotsenti v.b. 

S.N. Yuldasheva Korxona iqtisodiyoti fanidan “Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik (10.1.Ishlab chiqarishda xarajatlar turlari va ularni kamaytirishning asosiy yo’llari. Xarajatlarni boshqarishning jahon tajribasi)” mavzusida  ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars pedagogik interfaol metodlarni qo’llagan holda  ishlab chiqarish korxonalari misolida ma’lumotlar asosida o’tkazildi. Bu esa talabalarni mavzuni chuqurroq o’zlashtirishlariga asos bo’ldi. Dars institut jamoatchilik kengashi a’zosi EMvaT kafedrasi dotsenti D.A. Raxmatov,  o’quv uslubiy boshqarma uslubchisi O.Jamolova, TJBT dekani dotsent Sh.N.Xayitov, Menejment kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova va kafedra boshga professor o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi.