LOYIHANING BIRINCHI LAGERI!

“ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fani va texnologiyasi sohasidagi Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi 5 ta O'zbekistondagi OTMlar bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun CAMP 1 kursi boshlanganini e'lon qiladi : 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti 🇺🇿; 
O'zbekiston Milliy Universiteti 🇺🇿; 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 🇺🇿; 
Andijon Davlat Universiteti 🇺🇿 
va Urganch davlat universiteti 🇺🇿.

Mavzu: Akademik oziq-ovqat fanini modernizatsiya qilish va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. 
O'tiladigan fanlar: oziq-ovqat kimyosi, molekulyar gastronomiya va oziq-ovqat tahlili. 
Davomiyligi: 2023 yil 18-30 sentyabr 
Lager joylashuvi: 
1. Toshkent viloyati, Chimyon shaharchasidagi “Yoshlar oromgohi” (“Yoshlar Oromgoxi”) - 2023 yil 18-24 sentyabr 
2. Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Toshkent sh., Navoiy koʻchasi, 32-uy) va Ilgʻor texnologiyalar markazi (Toshkent sh., Talabalar shaharchasi, 3A) – 2023 yil 25-30-sentyabr. 
Talabalar soni: 26