Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida “ENG FAOL YIL TALABASI” tanlovi e'lon qilinadi.

  Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

 Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi
 Yilning eng targ'ibotchi talabasi
 Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
 Yilning eng faol sportchi talabasi
 Yilning eng faol iqtidorli talabasi
 Yilning eng faol ijodkor talabasi
 Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 “Yil talabasi” tanlovi nizomi 

 Tanlovga oid  savollar uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig'i Sheroz Temirovga murojaat qilishingiz mumkin.
  +998 91 416 00 81