Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlarning ta'lim olishini moddiy jihatdan qo'llab-quvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarning to‘lov-kontraktlari to'lab berilishini ma'lum qilamiz.  ( O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 585-sonli qaroriga muvofiq).

Taqdim qilinishi kerak bo'lgan hujjatlar:

1.  Talaba familiyasi, ismi, sharifi
2.  Ta’lim yo‘nalishi
3.  Ta’lim bosqichi (kursi)
4.  Institutga kirish testi jarayonida to‘plangan ball
5.  Tug’ilganlik haqida guvohnoma va pasport ma’lumotlari
6.  Doimiy yashash manzili
7.  2024/2025 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori (stipendiyasiz)
8.  Talabaning ijtimoiy holati (tasdiqlovchi hujjatlar seriyasi va raqamlari kiritilgan holda)

Xotin-qizlar maslahat kengashi hujjatlarni 12-sentabrgacha qabul qiladi.

Murojaat uchun
@Nasiba56