O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi

Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”

 “Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”

 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”

Tanlov 2 bosqichda:
1-hududiy boschiq joriy yilning 30-avgustiga qadar; 
2-Respublika bosqichi 15-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

 Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m  
2-o‘rin — 30 000 000 so‘m  
3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.

“Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”  
1-o‘rin — 30 000 000 so‘m  
2-o‘rin — 20 000 000 so‘m  
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.

“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m  
2-o‘rin — 10 000 000 so‘m  
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

 Ijodiy ishlarni t.me/ManaviyatTanlovlar_bot manziliga jo‘natishingizni so‘raymiz.
 Murojaat uchun telefon: +998971448025.