2024/2025-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” oʻquv kurslariga qabul boshlandi!

Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz: “Mirzo Ulug‘bek vorislari” oʻquv kurslariga roʻyxatdan oʻtish 15-avgustga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola