Hurmatli IT sohasi vakillari va talabalar!
Sizga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi https://uzbekcoders.uz platformasidan foydalanishni taklif etamiz.
Ushbu platforma Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlar uchun yaratilgan bo'lib, unda AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Sertifikatlarni olish va taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanish uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin.