“ECAMPUZ” loyihasi https://ecamp.uz/the-project-uz/ O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun 2 haftalik yozgi lager dasturini e’lon qildi
2024-yil may/iyun oyilarda tashkil etiladigan yozgi lagerda ishtirok etish istagida bo‘lgan quyidagi 5 ta OTMning oziq-ovqat sohasi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavriatura va magistratura talabalari hamda tayanch doktoranturaning 1-bosqich doktarantlari hujjat topshirishi mumkin:
• Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
• O‘zbekiston Milliy universiteti;
• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
• Urganch davlat universiteti;
• Andijon davlat universiteti.
Hujjatlar 2023-yil 31-dekabr kuniga qadar ingliz tilida quyidagi havola orqali qabul qilinadi.
Dastur yoki arizalar topshirish bo‘yicha qo‘shimcha savollar mailto:ecampuzproject@gmail.com elektron pochta hamda Telegramdagi @ecampuz_project manzili orqali berilishi mumkin.