O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda elektr ta’minotida energiya tejash imkoniyatlarini aniqlash maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya institutining professor o‘qituvchilari va 3-4-kurs talabalaridan iborat ishchi guruh Buxoro viloyati tuman va shaharlardagi transformator nimstansiyalarining texnik holatlarini tahlil qilishdi.

   Shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Hozirda transformator  nimstansiyalari va elektr uzatish yo‘llaridagi muammolar aniqlanib, o‘lchash natijalari va elektr energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan qaydlov tizimidan olingan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda. Natijalarga asosan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning texnik iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanmoqda.